ATM: SafeSky platformasida uchuvchisiz uchish apparatlari operatorlari uchun yangi UAV Forecast moduli joriy etildi. Ushbu funksiya ob-havo sharoitlari va dron parametrlari asosida parvoz bo‘yicha qaror qabul qilishda yordam beradi.
Modul orqali foydalanuvchilar parvoz hududini tanlashi, nuqtadagi dolzarb ob-havo ma’lumotlari bilan tanishishi, shuningdek tanlangan balandlikka mos prognozlarni ko‘rishi mumkin. Tizim shamol yo‘nalishi va tezligini ham ko‘rsatadi.
UAV Forecast’ning muhim jihati — u nafaqat ob-havoni aks ettiradi, balki dronning belgilangan parametrlarini ham ҳисобга olib, parvoz bo‘yicha tavsiyalarni shakllantiradi.
Natijada operator xavfsiz parvoz imkoniyatlari va ehtimoliy xavflar haqida aniq hamda tushunarli ma’lumot oladi.
ATM: SafeSky — bu nafaqat monitoring, balki parvozlarni rejalashtirish xavfsizligi va sifatini oshirishga xizmat qiluvchi zamonaviy yechimdir.